Tinç okeanining Filippindan ğarbiy qismida mavsumdagi yangi, 24-töfon – “Trami” paydo bölgani aniqlangan. Ayni paytda u öz yönalişini Xitoyning janubi-şarqiga qarab özgartirgan.
Hozir şamolning tezligi siklon markazida soatiga 48 metrdan 58 metrgaça yetgan, deb xabar bermoqda TASS. Prognozlarga köra, “Trami” şu haftaning söngida supertayfun maqomini oladi va Tayvan oroli va Xitoy qirğoqlariga yopirilişi mumkin.
Ma'lumot örnida: Joriy yilning 14 sentabr kuni AQŞning şarqiy qirğoğiga «Florens» töfoni yetib kelgan, sönggi ma'lumotlarga qaraganda, AQŞdagi 930 mingga yaqin iste'molçi elektrsiz qoldirgan edi. Bloomberg axborot agentligi “Florens”dan köriladigan zarar kamida 27 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkinligini prognoz qilgan edi.
Undan avval esa, Şarqiy Osiyoga kirib kelgan «Manghut» töfoni tufayli 16 sentabr kuni Filippinda kamida 28 kişi halok bölgani xabari berilgan edi.











