Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
• transport vositasidagi videoregistratorlar qayd etgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan texnika (foto va videoradar) qayd etgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi;
• tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi;
• huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
• huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar oshkor etilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Shu bilan birga nizom ayrim masalan, xavfsizlik kamari taqmaslik, tezlikni oshirish, mast holda boshqarish, piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi kabi huquqbuzarliklarga tatbiq etilmaydi.
Ichki ishlar vazirligiga 2019 yil 1 iyulga qadar videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizimni ishga tushirilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.

Mavzuga oid
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
08:32 / 17.03.2026