Jahon | 23:06 / 24.09.2018
4981
1 daqiqa o‘qiladi

Versace modalar uyi 2 mlrd dollarga sotilmoqda

Foto: Bloomberg

Amerikaning kiyim-kechak va sumkalar ishlab chiqaruvchi Michael Kors xoldingi 2 milliard dollarga Italiyaning  Versace modalar uyini sotib oladi. Bloomberg va Reuters o‘z manbalariga tayanib, shu haqida xabar bermoqda. 

Tomonlar 2018 yilning sentabri oxiriga qadar bitim haqida e'lon qilishi kutilmoqda. Michael Kors qancha ulushga ega bo‘lishi noma'lum, biroq Versachi oilasi kompaniya faoliyatida ishtirok etishda davom etadi, deya ta'kidlashmoqda manbalar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bitim yakunlari bo‘yicha Amerikaning Blackstone Group investitsiya fondi (2014 yilda 210 million yevroga kompaniyaning 20 foizini sotib olgan) aksiyadorlar tarkibidan chiqadi.

Ikki kompaniya vakillari ham bunga izoh berishdan saqlanishgan. 

Mavzuga oid