Versace modalar uyi Xitoydan “mustaqil” Hongkong va Makao uchun uzr so‘radi

Foto:Foto: Stella Qiu / Reuters
Versace italyan modalar uyi Xitoyning maxsus ma'muriy tumanlari – Makao va Hongkong mustaqil davlatlar sifatida ko‘rsatilgan futbolkalar uchun rasmiy uzr keltirdi.
Futbolkadagi printda dunyo shaharlari va ular joylashgan davlatlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lgan. Unda Hongkong va Makaodan boshqa barcha shaharlar ular joylashgan davlatlarga mos kelgan.

Futbolkaning mojaroli dizayniga modalar uyining Xitoydagi vakili Yan Mi e'tibor qaratgan va uning suratini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilgan.
Yan Mi bunga norozilik sifatida kompaniyani tark etishini aytgan va modalar uyini Xitoyning hududiy yaxlitligiga hurmatsizlik qilishda ayblagan. Shundan bir necha daqiqa o‘tib Versace’ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun uzr so‘ralgan.
“Xato dizaynimiz ba'zi shaharlarning ular joylashgan to‘g‘ri davlat bilan bog‘lanmaganiga olib kelgan. Futbolkalar 24 iyuldayoq sotuvdan olingan va yo‘q qilingan. Biz xatolik uchun uzr so‘raymiz”, deb aytilgan modalar uyida.
Ta'kidlash joizki, ushbu mojaro Hongkongda tinmayotgan ommaviy noroziliklar vaqtida yuz berdi. Noroziliklarga jinoyatda gumon qilingan shaxslarning Xitoyga topshirilishi haqidagi qonunning qabul qilinishi rejasi sabab bo‘lgan. Qonun qabul qilinishi qoldirilgan bo‘lsa-da, noroziliklar to‘xtamayapti.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Mavzuga oid

13:09 / 21.06.2025
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

18:33 / 18.06.2025
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

16:30 / 18.06.2025