Jahon | 15:38 / 24.09.2018
23544
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Samolyot juda kuchli shamol tufayli qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

Air France aviakompaniyasiga qarashli samolyot Birmingem aeroportiga juda kuchli shamol tufayli qo‘na olmadi. Havo kemasi shamol oqibatida qo‘nish yo‘lagidan ham chiqib ketdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Voqeaga guvoh bo‘lgan Jyeremi Jons tomonidan tasvirga olingan videoda ko‘rish mumkinki, Airbus A320 aeroportga yaqinlashayotganida kuchli shamol tufayli bir tekisda parvoz qila olmagan, so‘ng qo‘nish yo‘lagi ustida boshqa tomonga qayrilib ketgan. Oxir-oqibat avialayner tepaga ko‘tarilishni boshlab, yerga tegmasdan parvozni davom ettirgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shu kuni shamol tezligi sekundiga 19,5 metrni tashkil etgan.

Mavzuga oid