Light | 14:00 / 25.09.2018
68681
4 daqiqa o‘qiladi

Butun dunyodagi ko‘rinmas qishloqlar

Tabiat o‘zining xilma-xilligi bilan zavq beradi. Shuning uchun ba'zida odamlar eng g‘ayrioddiy joylarda yashaydilar. Hozir so‘z yuritiladigan qishloqlarni dunyo xaritasidan topish amri mahol. Eng qiziquvchan sayyohlar ham bu yerga kamdan-kam tashrif buyuradilar. Biroq bu kabi joylarni ko‘rish kerak, axir ular bir qarashdayoq sizni lol qoldiradi.

Foto: Jooinn

Aogashima

Filippin dengizidagi aynan shu nomdagi orolda joylashgan. Aholisi so‘ngan vulqon kraterida istiqomat qiladigan bor-yo‘g‘i 200 kishidan iborat.

Foto: Cda

Monemvasiya

Grek qishlog‘i qoya ortiga yashiringan. Aytish mumkinki, u katta yerdan IV asrdayoq ajralgan orolda joylashgan.

Foto: Alamy

Putgal ibodatxonasi

XIX asr boshiga qadar u haqida biror narsa ma'lum bo‘lmagan. Bo‘lmasam-chi, axir hind ibodatxonasi g‘orga kirish og‘zidagi qoyada yashiringan.

Foto: National Geographic

Isortok

Grenlandiyaning bu qishlog‘ida bor-yo‘g‘i 64 kishi yashaydi. Ko‘rishga arziydigan asosiy maskan hayot uchun zarur narsalarni sotib olish mumkin bo‘lgan supermarket.

Foto: Flickr

Gasadalur

Daniyadagi Farer qirg‘oqlari yaqinida aholisi 16 nafar kishidan iborat qoyada joylashgan qishloq bor. Ajoyib go‘zallik, g‘aroyib tabiat, sharshara! Katta yer bilan aloqalar uchun tunnel bor.

Foto: Mashable

Xuakachina

Daraxtlar, suv ombori, mehmonxona, kutubxonali haqiqiy vodiy joylashgan Peru sahrosini tasavvur qiling-a! Axir bu cho‘ldagi jannatning o‘zi emasmi?

Foto: sh.qihoo.com

Bandiagara jarligi

Manavi uylarni ko‘ryapsizmi? Ular loydan qo‘lda qurilgan. Bu yerda Dogon qabilasi yashaydi.

Foto: Mashable

Andredal

O‘tgan asrning oxirlarida bu yerga olib keladigan yo‘l bo‘lmagan. Norvegiyaning Aurlands-ford vodiysida yo‘l qurilgach, odamlar mahalliy chiroyli maskanlar bilan tanishdi. Tabiatidan tashqari, ishqibozlar echki sutidan tayyorlangan pishloq va kolbasaga ham yuqori baho berishadi.

Foto: Travel Europe

Furora

Italiyaning bu qishlog‘ini topish osonmas. Biroq bu yerda yashaydigan aholi ularni dengizda turib sezishlari uchun uylarini yorqin ranglarga bo‘yashgan.

Foto: Mashable

Sapa

Vetnamning mehnatsevar qishlog‘i. Odamlar guruch maydonlari va fermalarda ishlaydilar. Mahsulot hatto eksportga ham chiqariladi.

Foto: Getty Images

Kuber Pedi

Ko‘rsichqon yer ustida qoldiradigan  do‘ngliklarga o‘xshaydi. Ko‘rinishidan hayot belgilari yo‘qdek. Biroq bu yerda odamlar bor. Ammo ular yer ostida yashaydilar. Bu holdan toydiradigan jaziramadan berkinishning yagona yo‘li. Nima ham qila olishardi, axir bu og‘ir yashash sharoitlarga ega Janubiy Avstraliya.

Foto: Livestly

Tristan da Kunxa

Tog‘ ostida joylashgan va go‘zal manzaraga ega. Muqaddas Yelena orolidagi qishloqcha ajoyib ko‘rinishi bilan kishini maftun etadi.

Foto: Alamy

Monsanto

Bu joyni ko‘rib portugaliyaliklar haqiqatan ham qo‘rqmas ekaniga ishonch hosil qilasiz.

Foto: sh.qihoo.com

Suzuvchi orollar

Peru va Boliviya chegaralari ana shu ko‘rinishda. Bu joyda ink qabilasi yashaydi.

Foto: Mashable

Rougon

Yovvoyi hayvonlar va Verdon tog‘ darasi bu fransuz qishlog‘i jozibasini yanada oshiradi.

Bu joylardan qay biriga tashrif buyurish istagi paydo bo‘ldi?

Mavzuga oid