Tabiat özining xilma-xilligi bilan zavq beradi. Şuning uçun ba'zida odamlar eng ğayrioddiy joylarda yaşaydilar. Hozir söz yuritiladigan qişloqlarni dunyo xaritasidan topiş amri mahol. Eng qiziquvçan sayyohlar ham bu yerga kamdan-kam taşrif buyuradilar. Biroq bu kabi joylarni köriş kerak, axir ular bir qaraşdayoq sizni lol qoldiradi.

Foto: Jooinn

Aogaşima

Filippin dengizidagi aynan şu nomdagi orolda joylaşgan. Aholisi söngan vulqon kraterida istiqomat qiladigan bor-yöği 200 kişidan iborat.

Foto: Cda

Monemvasiya

Grek qişloği qoya ortiga yaşiringan. Aytiş mumkinki, u katta yerdan IV asrdayoq ajralgan orolda joylaşgan.

Foto: Alamy

Putgal ibodatxonasi

XIX asr boşiga qadar u haqida biror narsa ma'lum bölmagan. Bölmasam-çi, axir hind ibodatxonasi ğorga kiriş oğzidagi qoyada yaşiringan.

Foto: National Geographic

Isortok

Grenlandiyaning bu qişloğida bor-yöği 64 kişi yaşaydi. Körişga arziydigan asosiy maskan hayot uçun zarur narsalarni sotib oliş mumkin bölgan supermarket.

Foto: Flickr

Gasadalur