Jamiyat | 13:32 / 25.09.2018
16790
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda janjal oqibati fojiali yakunlandi

Foto: KUN.UZ

23 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi T.Q. “Xayitko‘l” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Sh.J.ning peshona qismiga tosh bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. 

Natijada Sh.J. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida T.Q. ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid