Abdulla Aripov Vetnam elchixonasiga bordi
2018 yilning 26 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Vetnam Sotsialistik Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Hukumat rahbari VSR prezidenti Chan Day Kuangning bevaqt vafot etgani munosabati bilan elchi Fam Van Fao va butun Vetnam xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi hamda elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 21 sentabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Ta'kidlanishicha, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelgan, uni davolash bilan mahalliy va xorijiy mutaxassislar shug‘ullangan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni prezident Chan Day Kuangning bevaqt vafoti munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi xalqi va rahbariyatiga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
20:44 / 03.09.2024