Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Chan Day Kuangning bevaqt vafoti munosabati bilan Vetnam xalqiga hamdardlik bildirdi
Foto: REUTERS/ Nguyen Huy Kham
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni prezident Chan Day Kuangning bevaqt vafoti munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi xalqi va rahbariyatiga chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 21 sentabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Ta'kidlanishicha, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelgan, uni davolash bilan mahalliy va xorijiy mutaxassislar shug‘ullangan.
Chan Day Kuang 2016 yilda prezidentlik lavozimini egallagan. Bundan oldin u jamoat xavfsizligi vaziri bo‘lib ishlagan. Uning rahbarligi ostidagi mahkama razvedka ma'lumotlarini yig‘ish va Vetnam Kommunistik partiyasini ichki hamda tashqi tahdidlardan ogohlantirish bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025