Jahon | 18:03 / 26.09.2018
9008
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaqin Sharqdan raketa komplekslarining bir qismini olib tashlaydi

Foto: AP

Keyingi oyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaqin Sharqdagi ba'zi davlatlardan «Petriot» raketalarga qarshi komplekslarini olib tashlaydi. Bu Erondan kelayotgan harbiy xavf fonida yuz beradi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi harbiy amaldorlarga tayangan holda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, kelasi oy AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis «Petriot»larni Iordaniya, Kuvayt va Bahrayndan olib chiqish haqida topshiriq beradi. Ta'kidlanishicha, hammasi bo‘lib mintaqani to‘rtta raketa kompleksi tark etadi. Nashrdan qo‘shimcha qilishlaricha, bunday o‘zgarish AQShning mintaqadagi harbiy kuchlarini qayta guruhlash doirasida yuz beradi.

WSJ mualliflarining ta'kidlashicha, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtiroki kamayishi, ayni paytda Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni harbiy tahdidlarning asosiy manbalari deb bilishini aniq ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon uch davlatdan yadroviy tahdid borligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid