Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon uch davlatdan yadroviy tahdid borligini ma'lum qildi
Virjiniya harbiy institutida nutq bilan chiqish qilgan Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, zamonaviy dunyoda yadroviy tahdid uchta mamlakatdan kelmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa mahkamasining saytida xabar berilgan.
Mettisning ta'kidlashicha, eng katta yadroviy tahdid Rossiyadan, dunyoga yadro qurolidan nisbatan xatar esa Xitoy va Shimoliy Koreya tomonidan kelyapti. Uning ta'kidlashicha, Pentagonda yadroviy tahdid haqida tez-tez gapirishmoqda.
«Bu haqiqiy tahdiddir va biz unga duch kelmoqdamiz. Yadro urushida g‘alabaga erishib bo‘lmaydi, shuning uchun uni hech qachon amalga oshirish kerak emas», - dedi Mettis.
Uning xulosa qilishicha, aynan shu harbiy ziddiyatlarda tomonlarni yadroviy quroldan foydalanmaslikka undamoqda. Mettisning fikricha, uni qo‘llaydigan tomon «eng yomon oqibatlarga» duch keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo Rossiyani «urishqoq» deb atagandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026