Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp yangi saylov jarayonlariga Xitoy aralashayotganini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
AQShda o‘tkazilayotgan saylov oraliq jarayonlariga Xitoy ta'sir etishga urinmoqda, deydi AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Xavfsizlik kengashi minbaridan.
Prezidentning fikricha, rasmiy Pekin amaldagi AQSh prezidentini qo‘llab-quvvatlaydigan siyosiy partiya g‘olib bo‘lishini istamaydi.
«Afsuski, 2018 yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovdan oldingi jarayonlarga Xitoy tomoni aralashayotgani bizga ma'lum bo‘ldi. Ushbu noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda mening ma'muriyatimga qarshi tish qayraganlar ko‘p. Men Xitoy bilan savdo munosabatlarida ochiq ziddiyatlarga borayotgan ilk AQSh prezidentiman, tabiiyki, ular mening partiyam g‘alaba qilishini istamaydi», deydi Tramp.
Shunga qaramasdan, AQSh davlat rahbari Xitoyning Amerika ichki siyosatidagi jarayonlarga qanday ta'sir o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgani haqida aniq ma'lumot bermadi.
Xitoy kutilayotgan haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan savdo bo‘yicha muzokaralarni bekor qilishga majbur, negaki, AQSh bundan avval Xitoyning 200 milliard dollar qiymatidagi tovarlariga nisbatan bojxona tarifini yana 10 foizga oshirdi.
«Savdo munosabatlaridagi notenglik bizga zarar qiladi», deydi AQSh prezidenti.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026