Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy erkin savdo tizimini Rossiya bilan birga himoya qilmoqchi
Foto: TASS/Yuriy Smityuk
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining ma'lum qilishicha, XXR va Rossiya xalqaro huquq hamda erkin savdo tizimini birgalikda himoya qilishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozirgi xalqaro vaziyatda Rossiya va Xitoy strategik aloqa hamda muvofiqlashtiruvni mustahkamlashi, multilateralizm, xalqaro huquq, erkin savdo tizimini qat'iyat bilan himoya qilishi kerak», - dedi Van I.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, tomonlar bundan keyingi yuqori darajadagi ikki tomonlama almashinuvni birgalikda rejalashtirishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh savdo gegemoniyasi haqida ma'lum qilgandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining fikricha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Xitoyga o‘z manfaatlarini majburlab o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid
20:40
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12
AQSh va Rossiya yana yadroviy qurollanish poygasi yoqasida
14:35