Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşining fikriça, Qöşma Ştatlar hukumati Xitoyga öz manfaatlarini majburlab ötkazmoqçi. Bu haqda RIA «Novosti» Xitoy idorasi materiallariga asosan xabar bermoqda.
«2017 yildan beri, AQŞ yangi ma'muriyati hukumat tepasiga kelgaç, ular «AQŞ hammasidan ustun» şiori ostida asosiy xalqaro normalardan, jumladan, özaro hurmat va tenglik asosida muzokaralar olib borişdan çetlaşdi. Ular bir tomonlama harakatlar, proteksionizm hamda savdo gegemonizmi siyosatidan foydalana boşlaşdi», - deya ma'lum qilişgan Davlat kengaşidan.
Şuningdek, Xitoy rasmiylarining ta'kidlaşiça, AQŞ köplab mamlakatlar va mintaqalarga nisbatan «iqtisodiy qörqitiş» böyiça qator çoralar kördi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoyga öta keskin ayblovlar bilan çiqmoqçi ekani xabar qilingandi.












