O‘zbekiston | 00:39 / 26.09.2018
16895
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Hindistonga safar uyushtiradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Hindistonga safar uyushtirmoqchi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farxod Arziyev ma'lum qilgan.  

Uning ma'lum qilishicha, tomonlar ta'lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishmoqchi. 

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarot shtati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanadi.  

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vaziri Norendra Modi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid