08:08 / 26.09.2018
11325

Senatning yangi a'zolariga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda prezidentning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi loyihasining keng jamoatchilik o‘rtasidagi muhokamasi natijalari tahliliga bag‘ishlangan masala ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA

Ma'lumki, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat ishchi guruh Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqdi. Saylov kodeksi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi hamda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o‘zbek va rus tillarida joylashtirildi. 

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylangan Oliy Majlis Senatining yangi a'zolariga Senat a'zosi guvohnomasi va ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. 

 

 

 

Top