ToshDSIda 357 nafar bo‘lajak stomatolog qasamyod qildi
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institutning 1-kurs talabalari qasamyod keltirdi. Oliygoh matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yurtimizdagi qator tibbiyot oliy o‘quv yurtlari qatori Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham stomatologiya va bolalar stomatologiyasi yo‘nalishlarida davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 65 ta maqsadli qabul qvota ajratildi.
Test sinovlari natijasida 2018/2019 o‘quv yilida 1-kursga 357 nafar talaba qabul qilindi. Institutda ayni paytda 1700 nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Ularning puxta bilim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Toshkent shahridagi 4-stomatologiya poliklinikasi va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayonlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilinib, ular zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Institut tomonidan so‘nggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning 50 ga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangani ham diqqatga sazovordir.

Darvoqe, yurtimizdagi qator oliy o‘quv yurtlari safida Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham 2018/2019 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi va to‘lov-kontrakt asosida yana 60 o‘rin ajratildi. Italiyaning Turin universiteti bilan “biotibbiy muxandislik” va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan “stomatologiya” fakultetlari tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

12:15 / 24.03.2025
Yaponiyada stomatologik klinikalar bemorlarni tinchlantirish uchun terapevt itlarni yollamoqda

23:29 / 21.01.2025
Prezidentlar nega qasamyod qiladi?

11:41 / 09.01.2025