Yaponiyada stomatologik klinikalar bemorlarni tinchlantirish uchun terapevt itlarni yollamoqda
Klinikalardan birida bunday xizmat 20 yil oldin joriy etilgan bo‘lib, shu yillar davomida itlar hech kimga zarar yetkazmagan.

Foto: SCMP composite/QQ.com/IG@shibuyadental
Yaponiyada tug‘ilish darajasining pasayishi va biznesdagi kuchli raqobat sharoitida ayrim stomatologik klinikalar itlar xizmatini taklif etishni boshladi. Bu haqda SCMP xabar bermoqda.
Masalan, Yaponiyaning markaziy qismidagi Xonsyu orolida joylashgan Ibaraki prefekturasidagi bolalar stomatologiyasi yigirma yildan beri terapevt itlarni yollab kelmoqda.
Klinika asoschisi Suzuki bu g‘oyani Flora laqabli terapevt it bilan muloqot qilganidan so‘ng qo‘llay boshlagan. U Florani egasi bilan o‘z klinikasiga taklif etganda itning stomatologik mashina shovqinidan va o‘tkir hidlardan qo‘rqmayotganini ko‘rib hayratga tushgan.
Shundan so‘ng Suzuki o‘z klinikasiga ko‘proq terapevt itlarni, ayniqsa kichkina zotdor itlarni jalb eta boshlagan. Bu itlar davolanish paytida bemorning ustida yotishi yoki uning yoniga joylashishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hayvonlar butun seans davomida qimirlamaydi.
Aksariyat mijozlarga terapevt itlar bilan muloqot qilish yoqib qoldi, ko‘plab ijobiy fikrlar bildirildi va bu xizmat asta-sekin doimiy xizmat turiga aylandi.
“Itdagi iliqlikni his qilish muolaja paytida bolalarni bo‘shashtiradiganga o‘xshaydi”, — deydi Suzuki.
Klinika ma’lum qilishicha, 20 yil davomida itlar bunday seanslar paytida hech kimga zarar yetkazmagan.
SCMP xabariga ko‘ra, yapon stomatologiya klinikalari mijozlarni jalb qilish maqsadida shifoxonalar hududida restoran va kafelar, fitnes-murabbiylar xizmatini taklif etuvchi sport zallari ochmoqda, shuningdek, hamshiralarni xizmatkor qizlar libosida ishga chiqarmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

20:09 / 02.06.2025
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

19:23 / 02.06.2025
Yaponiyada xodimlari issiqdan qiynalayotgan kompaniyalarni jarimaga tortish boshlandi

16:50 / 02.06.2025