Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Isroil agressiv harakat qilishga majbur
AQSh Isroil o‘z xavfsizligiga tahdidlarga nisbatan agressiv harakatda bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qo‘shma shtatlar prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, amerikaliklar Isroilning shu yo‘nalishdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
U Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashgan.
«Biz Isroil o‘zining mudofaasi bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ular agressiv harakat qilishmoqda, ammo ularda boshqa imkon yo‘q. Bu dunyoning juda murakkab qismi», degan Amerika rahbari. U Netanyahuni «AQSh 100 foizga Isroil bilan birga» ekaniga ishontirgan.
Tramp shuningdek, ikki davlat ko‘p sohalarda, xususan savdo va mudofaa sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borayotganini qayd etgan.
Trampning aytishicha, AQSh ma'muriyati Falastin-Isroil mojarosini 2-4 oy ichida hal etishni rejalashtirgan.
Trampning nuqtai-nazariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosi ayni vaqtda «juda murakkab holatda».
«Ammo menimcha, bizda vaziyatni yaxshilash uchun ajoyib g‘oyalar bor. Bunday g‘oyalar avval hech kimning xayoliga kelmagan», degan Oq uy rahbari.
Shu bilan birgalikda, u o‘zining prezidentlik muddati yakunigacha, 2021 yil yanvariga qadar Isroil-Falastin mojarosi natijaga erishishni istaydi.
«Men prezidentligimning birinchi muddati yakuniga qadar natijaga erishishni orzu qilaman», degan Tramp.
Mavzuga oid
09:26 / 28.01.2026
Netanyahu: G‘azo sektorida Falastin davlati bo‘lmaydi
12:50 / 27.01.2026
Tramp: Hamas so‘nggi jasadni topishga yordam berdi, endi qurolsizlanishi kerak
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026