Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosida 9 may kuni AQŞning Nyu York şahrida ötişi belgilangan konsert bekor qilindi. Bu haqda 4 may kuni tadbir mezboni Oceana teatri xabar berdi.
Konsertning bekor qilinişi – mahalliy siyosatçilar tomonidan qöllab-quvvatlangan qarşilik kampaniyasi ortidan röy berdi. Yulduz Usmonova bir neça yil oldin Falastinni qöllab, Isroilni keskin tanqid qilgani tufayli antisemitizmda ayblanmoqda.
4 may kuni Nyu Yorkning Nassau okrugi raisi, Nyu York gubernatori lavozimiga nomzod Bryus Bleykman hamda mahalliy deputatlar Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasni, şuningdek, “Birlaşgan sionistlar” jamiyati faollari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Ular faşistlar Germaniyasi ustidan ğalabani xotirlaş kuni – 9 may sanasida özlari “faşist” deb ayblayotgan Yulduz Usmonovaning konserti ötkazilişiga qarşiligini bildirgan.
Bryus Bleykman xonandaning AQŞga kiriş vizasini bekor qilişni sörab, davlat kotibi Marko Rubioga rasmiy xat yöllaganini ma’lum qilgan. Bu esa Yulduz Usmonovaning 11 may kuni Vaşingtonda bölib ötişi belgilangan konsertini ham söroq ostida qoldirişi mumkin.
Yulduz Usmonova 5 may kuni Instagram-sahifasida bergan izohida Nyu Yorkdagi konsert uçun barça çiptalar sotib bölinganini aytib, buning uçun muxlislariga minnatdorlik bildirdi. U Falastinni qöllab, Isroilni tanqid qilganlari haqida gapirarkan, öz qaraşlarida sobit ekanini ta’kidladi.
“Yahudiylar töplanib, siyosatçilar ham aralaşgan bölsa, bu ham bizga plyus, obro‘ keltirişyapti. Qarşi bölaverişsin... Lekin agar siz yahudiy sionistlar meni uzr söraydi deb öylasangiz, qattiq yanglişasiz. Men özimning [qadriyatlarimga] qattiq işonaman. Birinçidan, men zöravonlikka qarşiman. Ikkinçidan, Falastin ozod bölsin – bu ularning yeri”, – dedi Usmonova.
U “AQŞ – Isroil emas, AQŞ sionistlarniki emas” deya, bundan buyon ham “insoniyat uçun kuylaşda davom etişi”ni bildirdi. “Adolat, inşaalloh, albatta tantana qiladi”, dedi xonanda.
Yulduz Usmonova Isroilning Falastinga nisbatan harakatlarini faol tanqid


















