Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlar endi sudya bo‘ladi va notarius bo‘lish talablari o‘zgartirildi
O‘zbekiston Respublikasida advokatlar sudya sifatida faoliyat olib borish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida senatorlar ma'qullagan «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, endilikda advokatlar xalqaro tijorat arbitraj va hakamlik sudlarida sudya lavozimida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.
Qonun bilan advokatlarga mediator sifatida, shartnoma asosida muassasalarning yuridik xizmatida faoliyat yuritish huquqi berilmoqda.
Bundan tashqari majlisda «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqildi.
«Notariat to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.
Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026