Jahon | 11:50 / 27.09.2018
7858
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro BMTga iltimos bilan chiqdi

Foto: AP

Venesuela prezidenti BMTga o‘ziga uyushtirilgan suiqasdni xalqaro tekshiruvdan o‘tkazish haqida murojaat bilan chiqdi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasidagi nutqi davomida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Men BMTdan bosh kotibning maxsus vakilini tayinlash haqida so‘rayman. Bu uning suiqasdni tekshiruvdan o‘tkazishi uchun kerak. Venesuela buning uchun ochiq», - dedi Maduro.

Uning xabar berishicha, terrorchilik harakatining 28 nafar ijrochisi allaqachon qo‘lga olingan. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, tergov suiqasdga Amerika Qo‘shma Shtatlarida tayyorgarlik ko‘rilganini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Trampga javob qaytargandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid