O‘zbekiston | 15:00 / 27.09.2018
60690
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Tursunzoda tumanidagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xo‘jalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro‘ topgan. Bugungi kunda xo‘jalik uzumzori 500 gektarga yetgan. O‘nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug‘i butun mintaqamizga taralgan, deyiladi xabarda.

Prezident uzumzor bog‘ va mahsulotlar omborini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev Kamol ota Madumarovga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovg‘a qildi. 

Davlat rahbari shu tumandagi «Vatan» dehqon xo‘jaligida ham bo‘lib, uning rahbari Ne'mat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tursunzodada maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanishgandi.

Mavzuga oid