Özbekiston va Tojikiston prezidentlari Tursunzoda tumanidagi “Boği somon” dehqon xöjaligiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xöjalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro‘ topgan. Bugungi kunda xöjalik uzumzori 500 gektarga yetgan. Önga yaqin navdagi şirin va hosildor uzumlar dovruği butun mintaqamizga taralgan, deyiladi xabarda.

Prezident uzumzor boğ va mahsulotlar omborini közdan keçirdi. Şavkat Mirziyoyev Kamol ota Madumarovga Özbekistonda işlab çiqarilgan Captiva avtomaşinasini sovğa qildi. 

Davlat rahbari şu tumandagi «Vatan» dehqon xöjaligida ham bölib, uning rahbari Ne'mat hoji Usmonovga yana bir avtomaşina tuhfa etdi, deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Tursunzodada maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanişgandi.