Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tursunzodada maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi “Talko” davlat unitar korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu zavod 1975 yilda qurilgan. 2007 yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” tog‘-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida ko‘plab korxonalarni birlashtirgan.
Joriy yil iyul oyida O‘zbekistonning «Krantas grupp» mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qo‘shma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tashrifi chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.




Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda shahriga tashrif buyurgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026