Yetti davlat BMTga Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
AQSh boshchiligida, yettita davlat TIV rahbarlari BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturani tez vaqt ichida Suriya konstitutsiyasini ishlab chiqish borasida qo‘mita yig‘ilishini tashkil etish masalasiga oid chaqiriq bilan chiqishdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan vazirlarning qo‘shma bayonotida aytiladi.
Ta'kidlanishicha, Misturaning javobi 31 oktabrga qadar taqdim etilishi kutilmoqda. Bayonotni Misr, Fransiya, Germaniya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya va AQSh TIV rahbarlari imzolashgan.
«Mojaroni tugatish uchun muvofiqlashtirilgan diplomatiya va xalqaro siyosiy iroda uchun favqulodda ehtiyoj bor. Urushning harbiy yechimi yo‘q va siyosiy yechimga muqobil mavjud emas. Biz eng qat'iy tarzda tasdiqlaymizki, harbiy yechim topishga intilayotganlar faqat xavfli keskinlikni yanada oshirib, mintaqa va undan tashqarida inqirozning kengroq tarqalishiga erishadilar, xolos», - deyiladi hujjatda.
Bayonotda qayd etilishicha, TIV rahbarlari BMT Xavfsizlik kengashining 2254-rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy yechim yo‘lidan borishni lozim, deb hisoblaydilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda Suriya ssenariysi takrorlanishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
12:30 / 20.09.2024
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28 / 20.09.2024