Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin prezidenti AQShdan Al-Qudsdagi elchixona yopilishini talab qildi
Foto: Caitlin Ochs/Reuters
Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Trampga BMT Bosh assambleyasi minbaridan murojaat qilib, Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini bekor qilishga chaqirdi.
Abbos, shuningdek, AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishi qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Falastin yetakchisi Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi vakolatxonasi ishi to‘xtatilishini tanqid ostiga olgan.
“Bizda 38 ta davlat, jumladan AQSh bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha kelishuv bor bo‘lsa-da, qanday qilib ular bizni terrorchilar deb atamoqda?”, deb savol bilan yuzlangan Abbos.
Abbos Isroil bilan ixtilofga to‘xtalib, Falastin zo‘ravonlikka bormasligi va muammoni faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonishini aytgan.
“Biz zo‘ravonlik va terrorchilikni qo‘llamaymiz, aksincha dunyoning istalgan nuqtasida zo‘ravonlikka qarshi kurashamiz. Biz ixtilofning yechimi zo‘ravonlik va terrorchilik emas, balki tinchlik ekaniga ishonamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Abbos.
Falastin prezidenti falastin xalqi o‘zini himoyalay olmasligi va shu sababli BMT davlatlarini xalqaro yordam ko‘rsatishga chaqirgan.
Mavzuga oid
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026
Orban Tramp taklif qilgan “Tinchlik kengashi” tarkibiga kirishga rozi bo‘ldi
15:30 / 16.01.2026