Jahon | 13:10 / 29.09.2018
11226
2 daqiqa o‘qiladi

Erkak noto‘g‘ri tashlab ketilgan chiqindi uchun ikki kunga qamaldi

Foto: cocoparisienne

Shveytsariyaning Bil shahrida yashovchi erkak noto‘g‘ri tashlangan chiqindi uchun ikki kunga qamaldi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.

2017 yilning noyabrida 33 yoshli erkak ko‘chada chiqindini, uni olib ketishlari kerak bo‘lmagan kunda tashlab ketgan. Bundan tashqari, u chiqindini mahalliy kengash tomonidan tasdiqlangan qimmat qopda emas, balki oddiy paketda tashlab ketgan.

Qonunbuzar chiqindi politsiyasi xodimi tomonidan aniqlandi va unga 150 Shveytsariya franki miqdorida jarima solindi. Biroq, erkak jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan. Buning uchun u ikki kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga nisbatan jazoni ijro etish qachondan amal qilishi noma'lum. Politsiya ayni paytda qonunbuzar qayerda ekanini ayta olmayapti.

Bil rasmiylarining bildirishicha, o‘tgan yili shaharda 209 nafar fuqaroga noto‘g‘ri tashlangan chiqindi uchun jarima yozilgan. Yana 600 kishi ogohlantirish oldi. 

Mavzuga oid