Sudlanuvçilar qatorida jismoniy şaxslardan taşqari, Şveytsariya banklari ham korporativ javobgar sifatida qatnaşadi. Bu haqda finews xabar bermoqda.
Şveytsariyada Gulnora Karimova va uning biznes hamkoriga nisbatan jinoyat işi 2012 yilda oçilgan. Ular korrupsiya, jinoiy taşkilot faoliyatida iştirok etiş va pul yuvişda ayblanmoqda. Köp ötmay, 2013 yilda Karimova Özbekistonda ham tergovga tortilgan.
Şveytsariya Boş prokuraturasi ayblovida nazarda tutilgan jinoiy tuzilma “Ofis” deb ataladi. Ayblovga köra, Karimova “Ofis” orqali Özbekiston bozoriga kirmoqçi bölgan telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora undirgan.
Karimovadan taşqari ikkinçi asosiy sudlanuvçining şaxsi oçiqlanmagan. Şunisi ma’lumki, u muqaddam Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasining Özbekistondagi şöbasiga rahbarlik qilgan.
2015 yilda Jyenevadagi Lombard Odier xususiy bankining sobiq xodimi ham mazkur jinoyat işi doirasida tergovga tortilgan. U 2008–2012 yillarda “Ofis”ga aloqador şaxslarning bank xizmatlariga oid talablarini qondirib, mablağlar manbayini yaşirişga kömaklaşganlikda ayblanmoqda.
Prokurorlar Lombard Odier'ni pul yuvişda ayblayotgani yöq, lekin bank pul yuviş zanjirida iştirokçiga aylanib qolişdan saqlaniş uçun barça zaruriy çoralarni körganmi? Bu savol bankni “korporativ jinoiy mas’uliyat” tuşunçasi doirasida sud jarayonida javobgarlar qatoriga kirişiga sabab bölgan.
E’tiborlisi, Şveytsariya Federal jinoyat sudi ayni şu iş doirasida öz tarixida ilk marta mamlakatdan taşqariga çiqib söroq ötkazgan. 2026 yil boşida Toşkentda Karimova bilan ikkinçi marta sud söroği bölib ötgan (u hozir Özbekiston qonunçiligi böyiça jazo muddatini ötamoqda).
Körsatma oliş jarayoniga Özbekiston tomoni çeklovlar joriy etgani aytilyapti: Şveytsariya sudyalari savollarni faqat Özbekiston Boş prokuraturasi orqali yöllagan, ularning özi sudlanuvçiga bevosita savol berişiga imkon berilmagan. Qolaversa, Özbekiston tomonining maxfiylik talablari va bu talablarga rioya etilmagan taqdirda jinoiy sanksiyalar qöllanişi haqidagi ogohlantirişi tufayli, himoyaçilar körsatma oliş jarayonida qatnaşişdan boş tortgan. Natijada mazkur körsatmalar Şveytsariyaning dalil töplaş standartlariga javob berişi va sudda qançalik kuçga ega bölişi savol ostida qolmoqda.
Asosiy sudlanuvçilar sud majlislarida bevosita iştirok etişi ehtimoli kam: 53 yoşli Gulnora Karimova Toşkentda qamoqda, biznes hamkori qayerdaligi esa noma’lum. Şu sababli sudyalar sudlovni sirtdan olib boriş yoki işni qismlarga böliş zaruratini körib çiqişiga töğri kelişi mumkin.









