Jahon | 08:42 / 29.09.2018
7625
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur hukumati aholiga minnatdorlik sifatida 511 mln dollar to‘lab beradi

Foto: REUTERS

Singapur hukumati o‘z fuqarolariga mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik sifatida 511 mln dollar to‘lab beradigan bo‘ldi. Bu haqda Singapur moliya vazirligi ma'lum qilgan.. 

Ushbu mablag‘ Singapurning 2,8 mln nafar balog‘atga yetgan fuqarolariga beriladi. Mukofot puli miqdori fuqarolarning 2017 yildagi daromadlari summasiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu munosabat bilan aholi uch guruhga bo‘lingan. 1-guruhga 2017 yildagi daromadi 28 ming Singapur dollaridan (20,4 ming dollar) ko‘proq bo‘lganlar kiritilgan. Ularga 300 Singapur dollaridan (219 dollar) mukofot puli to‘lanadi.

2-guruhga daromadi 100 ming Singapur dollaridan (73,1 ming dollar) oshmaganlar kiritilgan. Ularga 200 Singapur dollaridan (146,5 dollar) pul to‘lanadi. 3-guruhga esa daromadi 100 ming Singapur dollaridan oshganlar kiritilgan va ularga 100 Singapur dollari (73 dollar) miqdorida haq to‘lanadi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Singapur iqtisodiyoti o‘sishi 3,6 foizni tashkil qilgan va hukumat prognoz qilganidan 2 marta ko‘proq bo‘lgan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid