Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanktsiyalar tarbiyalashning yaxshi usuli emas – Alisher Usmonov
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
USM Holdings asoschisi va egalaridan biri Alisher Usmonov sanksiyalar bilan tadbirkorlarni tarbiyalash kerakmasligini aytdi.
“Men sanksiyalar, jumladan u yoki bu siyosiy jarayonlarga umuman aloqasi bo‘lmagan tadbirkorlarni, tarbiyalashning yaxshi usuli, deb hisoblamayman. Bunda aksiyador yoki davlat korporatsiyasi rahbari vazifalarini vijdonan bajarayotgan kishining nima aloqasi bor? Tashkilotni jazolang, odamning nima aloqasi bor?”, deb aytgan Usmonov “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyushchiye litsa s Nailey Asker-zade” ko‘rsatuvida.
Usmonovning aytishicha, aksariyat hollarda kompaniyalarda aksiyador davlat bo‘lib chiqadi.
“Davlatni sanksiyalar bilan tarbiyalash esa XXI asrda inson duch kelayotgan jiddiy chorlovlarga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlarni birlashtirish haqida ko‘proq o‘ylash kerak bo‘lgan bugungi dunyo uchun usul emas”, deb qo‘shimcha qilgan Usmonov.
Mavzuga oid
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
21:44 / 28.01.2026
To‘qayev qo‘shni davlatdan Qozog‘iston orqali $14 mlrd xorijga o‘tkazilganini aytdi
15:25 / 06.01.2026