Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda xitoylik maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan masala mashhur bo‘lmoqda
Internetda Xitoydagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan matematika masalasi mashhurlashmoqda. Uning videosini MindYourDecisions YouTube kanali e'lon qildi.
O‘quvchilarga (va tomoshabinlarga) stolning balandligini hisoblab topish vazifasi beriladi. Bu holda stol ostida turgan toshbaqaning boshidan stol ustida turgan mushukning boshigacha bo‘lgan masofa 170 santimetrni tashkil etadi. Stol ostiga tushirilgan mushukning boshidan to stol ustidagi toshbaqaning boshigacha bo‘lgan masofa esa 130 santimetrga teng.

Video muallifi masalani yechishning ikki usuli haqida hikoya qiladi. Birinchisi — tenglama tuzib, «mushuk» va «toshbaqa»larni qisqartirish. Ikkinchisi — farazan ikki stolni ustma ust joylashtirib, yana jonivorlarni «qisqartirish». Shunday qilib stolning haqiqiy balandligini topish mumkin va bu 150 santimetrga teng bo‘ladi.
Videoni 200 ming martadan ortiq tomosha qilishgan va unga yuzlab sharhlar yozishgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026