Jahon | 07:51 / 01.10.2018
17259
2 daqiqa o‘qiladi

Makedoniyaning qayta nomlanishi bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilindi  

Foto: AP

Makedoniya davlati nomi o‘zgartirilishi bo‘yicha o‘tgan referendumda davomat ovoz berish natijalari tan olinishi uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan kamroqni tashkil qildi. 

Makedoniya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining faqat uchdan bir qismi (34 foizi) referendumda ishtirok etgan. Ovoz berganlarning aksariyati (90 foiz) Makedoniya nomining o‘zgartirilishini qo‘llab-quvvatlashgan. Referendumda 1,8 mln ovoz beruvchidan 650 mingdan ko‘prog‘i ishtirok etgan. 

Afina va Skope o‘rtasidagi kelishuvga qarshi chiqayotgan, Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev esa, aksincha, ovoz berish muvaffaqiyatli o‘tganini aytgan. Ma'lum qilinishicha, referendumdagi past davomatga davlatning avvalgi nomi qoldirilishini istayotgan millatchilarning ovoz berishni boykot qilishga chaqiriqlari sabab bo‘lgan.  

Zayevning ta'kidlashicha, Makedoniya nomining o‘zgartirilishi masalasi endi mamlakat parlamentida ko‘rib chiqiladi.

17 iyunda Makedoniya va Gretsiya sobiq yugoslav davlatining Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb qayta nomlanishi bo‘yicha kelishuv imzolagan. 

Mamlakatning nomi borasida Afina va Skope o‘rtasidagi bahs 1991 yilda Makedoniya Yugoslaviyadan mustaqil bo‘lgandan keyin boshlangan. Mamlakat nomi Gretsiyada shunday nomdagi viloyat borligi sababli Afina tomonidan tan olinmagan. Makedoniya nomining o‘zgartirilishi Skopega NATO va Yevropa Ittifoqiga kirishga imkon beradi, chunki ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik bahsni hal qiladi.

Mavzuga oid