Jamiyat | 14:13 / 02.10.2018
11487
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshida yong‘in, bir kishining jasadi topildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 1 oktabr kuni soat 01.45larda “Navo” MFY Yangi Darvoza ko‘chasi 103-uyda yashagan 1965 yilda tug‘ilgan G‘.Sh. mast holda, uyida sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 01.55da qurshab olinib, soat 02.20da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 35 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda G‘.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid