Jahon | 09:08 / 03.10.2018
12338
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu AQShga minnatdorlik bildirdi

Foto: REUTERS

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amerika tomoniga mamlakatning o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda siyosatchi feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlov davlatlar o‘rtasidagi kuchli munosabatlarning asosidir.

«Amerika ma'muriyati va kongressiga Isroil qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda kelgusi o‘n yilga mo‘ljallangan moliyaviy yordam to‘plami uchun minnatdorchilik bildiraman», - deya ma'lum qildi Netanyaxu.

Mavzuga oid