Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ prezidenti Donald Tramp, şuningdek, Qöşma Ştatlarning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga BMT Xavfsizlik kengaşidagi ovoz beriş jarayoni davomida al-Qudsning Isroil poytaxti sifatida tan olinişiga qarşi yönaltirilgan rezolyutsiyaga veto qöyilgani uçun minnatdorlik bildirdi.
«Rahmat, doimiy vakil Xeyli. Xanukada siz xuddi Makkavey kabi gapirdingiz. Siz haqiqat şamini yoqib berdingiz va zulmatni tarqatib yubordingiz. Bittasi köplarni mağlubiyatga uçratdi. Haqiqat yolğondan ustun keldi. Rahmat, prezident Tramp», - deya yozgan Netanyaxu tvitterdagi öz sahifasida.
Avvalroq AQŞ BMT Xavfsizlik kengaşida Misrning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olinişiga qarşi bölgan rezolyutsiya loyihasini tösib qöyiş uçun veto huquqidan foydalandi.
Şundan söng Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon al-Qudsda barça dinlar vakillari tinç hayot keçirişi mumkin ekanini ma'lum qildi.













