Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Puchon hamkorligi rivojlanadi
Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreyaning Puchon meriyasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, muzokaralarda Toshkent va Puchon ma'muriyatlari o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
“Puchon meriyasi vakillari Toshkentda ijtimoiy sohalar, xususan turizm va sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan ikkala tomon ham birdek manfaatdor ekanligini ta'kidladi. Bu borada Puchon meriyasi vakillari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bepul o‘quv kurslarini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, uchrashuvda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026