Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Xitoy Trampni hokimiyatdan chetlatmoqchiligi aytildi
Foto: AP
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Xitoy AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatidan noroziligini va uni AQShdagi saylov jarayonlariga ta'sir qilib, hokimiyatdan chetlatmoqchiligini ma'lum qildi.
Pens Vashingtondagi Gudzonov institutidagi nutqida Pekin Trampning 2020 yilda ikkinchi muddatga qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasligini aytgan.
“Eng dahshatlisi shundaki, Xitoy AQSh jamiyati fikriga, 2018 yilgi saylovlarga, vaziyatga – 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga olib keladigan jarayonlarga misli ko‘rilmagan ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda. Ochiqchasiga aytganda, Trampning yetakchiligi mevasini keltirmoqda, Xitoy esa boshqa prezidentni istamoqda”, deb aytgan Pens.
Pensning ta'kidlashicha, Xitoyning 2018 yildagi oraliq saylovlarga aralashuvi haqida avvalroq Trampning o‘zi ham gapirgan.
“Razvedkamizning ta'kidlashicha, Xitoy shtatlar ma'muriyati, mahalliy hokimiyat organlari va rasmiy shaxslar siyosiy masalalar bo‘yicha federal va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi istalgan kelishmovchiliklarni qo‘llashlari uchun ularga ta'sir qilishga urinmoqda”, deb aytgan Pens.
AQSh vitse-prezidentining aytishicha, Xitoylik yuqori lavozimli rasmiy shaxslar biznes yetakchilariga AQSh tomonidan savdo sohasida qabul qilinayotgan choralarni qoralashga ishontirish maqsadida ta'sir qilishga urinishgan. Pens AQShning yirik kompaniyalaridan biri Oq uy siyosatiga qarshi chiqishdan bosh tortsa, litsenziyadan mahrum qilinishi bilan qo‘rqitilganini bunga misol tariqasida keltirgan.
Mavzuga oid
18:03
Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini quradi
16:43
Xitoyda onlayn firibgarlik bilan shug‘ullangan sindikatning 11 a’zosi qatl etildi
16:17
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13