Jahon | 20:10 / 05.10.2018
31758
2 daqiqa o‘qiladi

Interpol rahbari Xitoyda tergov qilinmoqda

Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda bo‘lganda bedarak yo‘qolmagan, balki Pekinda hibsga olingan va tergov ostiga tushgan. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Xunvey o‘tgan hafta Xitoyda qo‘nishi bilan intizom idoralari tomonidan so‘roq qilingani olib ketilgan.

“Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari lavozimini ham egallovchi Men Xunvey huquq-tartibot idoralari tomonidan so‘roq qilingani hibsga olingan”, deb aytilgan xabarda.

Xunvey qanday tergov bilan bog‘langani va uning qayerdaligi ma'lum qilinmagan.

Bundan avvalroq fransuz huquq-tartibot idoralari Interpol prezidenti yo‘qolib kolganini tergov qila boshlashgan. Ma'lum qilinishicha, Xunveydan Fransiyadan Xitoyga ketgan 29 sentabrdan beri hech qanday ma'lumot bo‘lmagan.

Interpol rahbarini qidirish ishlari uning rafiqasi turmush o‘rtog‘i yo‘qolib qolganini ma'lum qilgandan keyin boshlangan. 

64 yoshli Xunvey Interpolga 2016 yil noyabrdan rahbarlik qilib keladi va bu lavozimda Mirey Balestrazi o‘rnini egallagan. Bungacha Xunvey Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.  

Mavzuga oid