Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish bilan bog‘liq muammolar chuqurlashdi
Foto: Shutterstock
YouTube servisi ikki kundan beri O‘zbekistonda uzilishlar bilan ishlamoqda.
Muammolar 3 oktabrdan 4 oktabrga o‘tar kechasi boshlandi. Dastlab videoni tomosha qilishda qiyinchiliklar yuzaga keldi, keyin esa sayt umuman ochilmay qoldi.
3 oktabr kuni butun dunyoda sodir bo‘lgan Instagram ishidagi uzilishdan farqli o‘laroq, bu safar muammolar faqatgina ayrim mamlakatlarda kuzatildi.
Agar 4 oktabrda Downdetector servisi episentrlardan biri sifatida O‘zbekistonning faqat bir qismini ko‘rsatgan bo‘lsa, 5 oktabrda bu muammo butun mamlakatni qamrab oldi.

Uzilishlar bo‘yicha issiqlik xaritasidan ko‘rish mumkinki, G‘arbiy Yevropadagi alohida davlatlar, AQSh va Moskvada ham xizmatdan foydalanishda qiyinchiliklar paydo bo‘lgan.
Ushbu muammolar fonida iOS uchun ilk bor YouTube ilovasi bu yil birinchi marta O‘zbekistondagi foydalanuvchilar orasida yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. Ushbu holatni ilova orqali muammolar kuzatilmayotganligi bilan izohlash mumkin.
Mavzuga oid
10:29 / 30.09.2025
YouTube Trampning akkauntini bloklagani uchun millionlab pul to‘laydi
00:12 / 29.09.2025
YouTube servislariga sun’iy intellekt joriy etildi
20:46 / 26.06.2025
YouTube jonli efir o‘tkazish uchun minimal yosh talabini oshiradi
11:37 / 31.05.2025