O‘zbekiston | 17:26 / 06.10.2018
8821
2 daqiqa o‘qiladi

Agrosanoat majmuida tekshiruvlar o‘tkazish soddalashtirildi

Foto: Agrozona.bg

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga ega bo‘ldi, deb yozmoqda Norma.
 
Idora vakolatiga kiradigan barcha masalalar yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Inspektsiya 11ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi va 84ta funksiyani bajaradi, ularning aksariyati – nazorat funksiyalari. Masalan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va sotish ustidan nazoratni amalga oshirish.
 
Bunda tekshiruvlar bildirish tartibida, ya'ni prokuratura organlari bilan oldindan kelishilmay o‘tkaziladi. Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5490-son farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
 
Hujjat 1.10.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid