Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin Qozog‘istondagi musobaqada g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonning Almati shahrida tashkil etilgan, sovrin jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi ATP tasnifidagi «Chellenjyer» musobaqasida g‘olib chiqdi.
Istomin hafta davomida finalga qadar Portugaliya, Misr, Serbiya va Chexiya vakillarini mag‘lub etib keldi. So‘nggi bahsda jahon reytingida 103-o‘rinda borayotgan Denis dunyo reytingida 201-o‘rinda qayd etilgan serbiyalik boshqa bir tennischi Nikola Miloyevich bilan bahslashdi. Deyarli 3 soat davom etgan bahs 6:7, 7:6, 6:2 hisoblarida o‘zbekistonlik spotchining foydasiga hal bo‘ldi.
Ushbu chempionlik orqali Istomin 80 reyting ochkosi va 7200 AQSh dollari mukofot puliga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025