Sport | 22:27 / 06.10.2018
33809
1 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedovning keyingi raqiblari kim bo‘lishi taxmin qilindi 

Toni Fergyuson

Universal kurashlar jangchisi Xabib Nurmagomedovning menejyeri Rizvon Magomedov Konor Makgregorga qarshi o‘tkaziladigan jangdan oldin, mijozini nimalar kutayotganini aytdi.

«Endi hech narsa yuz bermaydi. Agar zilzila bo‘lib, shaharni yer yutsa, shundagina bahs o‘tkazilmasligi mumkin. Hozircha jang oldidagi to‘siqni ko‘rmayapman.

Daromadli janglar har doim topiladi. Ertaga bu jangchilar kurashganidan so‘ng, hayot to‘xtab qolmaydi. Superjanglar tugamaydi. Masalan, Jorj Sen-Perga qarshi bahs, bu har doim qiziqarli. Albatta, oldin u Entoni Pettisni mag‘lub etishi kerak. Ularning tarixi juda uzun. 

Konor Makgregordan keyingi jang? Agar Toni Fergyuson Pettisni mag‘lub etsa, u bilan duch kelishni istardik. Sen-Perga ham qiziqish bor. Ko‘ramiz», — dedi Rizvon Magomedov.

Mavzuga oid