Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Parijda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Parij shahriga yetib bordi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Orli» xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O‘zA xabariga ko‘ra, bugun davlat rahbari BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati raisi bilan va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9 oktabrga belgilangan. Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san'at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:10 / 18.05.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha yangi qurbonlar ko‘rsatma bermoqda
14:52 / 19.02.2026