Sport | 19:00 / 09.10.2018
76322
1 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedovga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo ma'lum qilindi  

Foto: RIA Novosti

Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Deyna Uayt rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan keyingi voqea uchun taxminan 250 ming dollarlik jarima bilan jazolanishi mumkinligini aytdi.

Uaytning fikricha, voqeani taftish qilayotgan Nevada shtati atletika komissiyasi rossiyalikning 2 mln dollar miqdoridagi gonorarini avval aytilgandek ushlamaydi.

UFC prezidentining ta'kidlashicha, Nurmagomedov chempionlik kamarini aniq saqlab qoladi, biroq u 4 oydan 6 oygacha AQShdagi janglardan chetlatilishi mumkin.

7 oktabrda Nurmagomedov Makgregor bilan jangda raqibini 4-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan va UFC chempionlik unvonini himoya qila olgan. Jang yakunlanishi bilan rossiyalik ringdan tashqarida Makgregor jamoasi a'zolaridan biri bilan mushtlashib ketgan. Bu orada ringda Makgregor va Nurmagomedov jamoasi a'zolari orasida mushtlashuv yuz bergan.

Mavzuga oid