O‘zbekiston | 10:43 / 10.10.2018
4156
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston, O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari Dushanbeda yig‘ilishadi

Foto: Shutterstock

Bugun, 10 oktabr kuni Tojikiston, O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.

«Avesta»ning Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulki bo‘yicha qo‘mitasiga asosan xabar berishicha, uch tomonlama biznes-forumda 200dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etadi.

Forum ishtirokchilari Tojikiston investitsion imkoniyatlari va investitsiya loyihalari bilan tanishadilar.

Biznes-forum natijalari bo‘yicha qator hamkorlik shartnomalari va investitsion bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid