O‘zbekiston | 21:00 / 11.10.2018
18233
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi Putinga ishonch yorliqlarini topshirdi

Bugun, 11 oktabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bugun Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimi o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun, Botirjon Asadov yangi lavozimda o‘tgan oyda Alisher Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga o‘tkazilgan sobiq elchi Bahrom Ashrafxonov o‘rnini egalladi. U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi maslahatchisi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Endilikda Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid