“Rossiya Özbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2022 yil yakunlariga köra, ikki davlat örtasida tovar aylanmasi 9 milliard dollardan oşdi va ösişda davom etmoqda.
Rossiya bunda taşqari iqtisodimiz uçun eng katta investorlar qatorida turadi. Xususan, oxirgi 3 yilda Rossiya kapitali iştirokidagi korxonalar soni 2 barobar oşdi. Bugun ularning soni 3 mingga yaqinlaşdi. Toğ-kon sanoati, kimyo, energetika, qişloq xöjaligi kabi sohalarda sanoat kooperatsiyasi loyihalari faol amalga oşirilmoqda”, — deya elçining sözlarini keltirmoqda mahalliy naşr.
Rossiya sanksiyalarni çetlab ötiş uçun Özbekistondan foydalanişi mumkin – AQŞ
Botirjon Asadovning aytişiça, yaqin kelajakda Rossiya bilan savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkaziş imkoniyatlari mavjud.
Diplomatik vakolatxona rahbariga köra, Rossiyadan Özbekistonga kelayotgan sayyohlar soni ham oşib bormoqda. Xususan, 2022 yilning birinçi yarmida 185,6 ming kişi kelgan bölsa, joriy yilda 345 ming rossiyalik sayyoh Özbekistonga kelgan.













