2018 yil 11 oktabr kuni Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Botirjon Asadov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga işonç yorliqlarini topşiradi.

11 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elçilaridan, jumladan, Özbekiston elçisidan işonç yorliqlarini qabul qilib oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

An'anaga köra, marosim Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Rossiyadagi yangi favqulodda va muxtor elçisini tayinlangandi. Endilikda Botirjon Asadov Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.